
Jogorku Kenesh “Qirg‘iz Respublikasi tashqi siyosati sohasida davlat organlarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Qirg‘iz Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasining maqsadi “Qirg‘iz Respublikasi tashqi siyosati sohasida davlat organlarining o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish va Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining farmoni bilan davlat organlarining tashqi siyosat sohasidagi o‘zaro hamkorligini tartibga solishdan iborat.
Amaldagi Konstitutsiyaga muvofiq, Prezident davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, davlat hokimiyati organlarining birligi, muvofiqlashtirilishi va hamkorligini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan davlat organlarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorligi Prezident farmoni bilan tartibga solinishi qayd etilgan.
O‘z kuchini yo‘qotgan Qonun Qirg‘iz Respublikasining milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, uning xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan teng huquqli munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan samarali va yagona tashqi siyosiy yo‘nalishini shakllantirish maqsadida Qirg‘iz Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik asoslarini belgilab bergan.
Muhokama chog‘ida deputatlar yangi tahrirdagi Konstitutsiya 5-yil avval qabul qilinganini ta’kidlab, tashqi siyosat sohasidagi qonunchilikni ancha oldin Asosiy qonunga muvofiqlashtirish zarur bo‘lganini ta’kidlab o‘tdilar.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kirishi nazarda tutilgan.