
Joriy yilning 14-mart kuni Parlament tadqiqotlari instituti direktori Akrom Toshpulatov Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Andre Algermissen bilan uchrashdi.
Muloqotchog‘ida institut direktori A.Toshpulatov jamg‘armaning yangi tayinlangan mintaqaviy vakolatxonasi rahbariga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida so‘z yuritib, uni institut faoliyati bilan tanishtirdi. Institut va jamg‘arma o‘rtasidagi hamkorlik 2018-yildan boshlab olib borilganligini, hamkorlik doirasida bir nechta ilmiy va amaliy tadbirlar o‘tkazilganligiga alohida to‘xtaldi.

Biroq so‘nggi yillarda hamkorlik zaiflashgani hamda do‘stona aloqalarni mustahkamlashga ehtiyoj sezilayotganligiga urg‘u berib, ikki tomonlama hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan Memorandum va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolashni taklif etdi. Bu kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, xususan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va birgalikda tadbirlar o‘tkazishga asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
O‘z navbatida, Andre Algermissenso‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarga yuqori baho berib, Jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan, xususan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
U o‘z nutqida Parlament tadqiqotlari institutining o‘tgan qisqa davrda parlament deputatlarining haqiqiy yordamchisiga aylanganiga to‘xtalib o‘tdi. Institut tomonidan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun loyihalarini tayyorlash va qonun loyihalariga ilmiy xulosa berishdagi hamda axborot-tahliliy materiallar, ilmiy taklif va tavsiyalarining ahamiyatiga, ayniqsa davlat dasturi, konsepsiyalar ishlab chiqilishidagi ko‘magiga, Qonunchilik palatasi va deputatlarning qonun ijodkorligi borasidagi ko‘maklashish faoliyatiga yuqori baho berdi. Institutning parlamentarizmni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, institut huzurida “Parlament huquqi” ixtisosligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni tashkil etilganligi unda alohida qiziqish uyg‘otganini bildirdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan muloqot yakunida tomonlar qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish, bu boradagi xalqaro tajriba almashish sohasida amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib olindi.