Ortga qaytish Chop etish

Parlament tadqiqotlari instituti xodimlari IV O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida ishtirok etmoqda

 



  

Ayni kunlarda Xiva shahrida “Strategik sheriklik: parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, yangi vazifalar va hamkorlik istiqbollari” mavzusida IV O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda.


Tadbirning tematik sessiyalarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, agrosanoat majmuasida hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish hamda turizm sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilinmoqda.


Forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari Valisher Davlyatov hamda Sud-huquq sohasini tadqiq etish bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Raxmanov ishtirok etib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqish qilishadi.