Dayjest - Parlament tadqiqotlari instituti

Köp qavatli uylardagi xavfli fasad qoplamalarini bartaraf etiş böyiça qonun loyihasi körib çiqildi
Joriy yilning 27-oktabr kuni Buyuk Britaniya parlamenti Jamoalar palatasi “Binolar xavfsizligi (xavfli qoplamalarni bartaraf etiş va boşqalar) töğrisida”gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqdi.

Loyihaning maqsadi bir neçta xonadondan iborat binolardagi yonğin xavfsizligini ta’minlaş hisoblanadi. Xususan, baland binolardagi yonğin xavfini tuğdiradigan taşqi devorlarni baholaş, tuzatiş va bunday xavfni kamaytiriş tartibi belgilanadi.

Şuningdek, loyiha turar joy binolari töğrisidagi ma’lumotlarni yiğiş va qayd etiş hamda xavfli quriliş mahsulotlari bilan boğliq javobgarlikni belgilaşni nazarda tutadi.

Mazkur taşabbus 2017-yilda Londondagi “Grenfell” turar joy binosida yuz bergan yonğindan keyin boşlangan binolar xavfsizligi islohotlarining davomi hisoblanadi.

Loyiha ikkinçi öqişdan keyin qömita bosqiçida batafsil körib çiqiladi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda köp qavatli uy-joy qurilişi jadal davom etmoqda. Masalan, 2025-yilda uy-joy qurilişi va ipoteka bozorini rivojlantiriş maqsadida 135 ming xonadon quriş rejalaştirilgan.

Binolardagi yonğin xavfsizligi “Yonğin xavfsizligi töğrisida”gi Qonun hamda şaharsozlik norma va qoidalari bilan tartibga solinadi. Biroq foydalanişga topşirilgan binolarning taşqi qoplamalarini yonğin xavfi böyiça muntazam xatlovdan ötkaziş va xavfli qoplama aniqlanganda uni almaştiriş xarajatlarini taqsimlaş mexanizmi alohida tartibga solinmagan.

Demak, Buyuk Britaniya tajribasidagi fasadlar xatlovi va xavfli quriliş mahsulotlari uçun işlab çiqaruvçi javobgarligi mexanizmi mamlakatimiz uçun ham dolzarb hisoblanadi.

Umumiy yönaliş sifatida balandligi muayyan me’yordan yuqori turar joy binolari fasadlarini yonğin xavfi böyiça xatlovdan ötkaziş va natijalarini yagona elektron reyestrda yuritişni joriy etiş maqsadga muvofiq.

Muqobil yönaliş sifatida yonğin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan quriliş materiallarini işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçilarning javobgarligini kuçaytiriş hamda bunday materiallarni majburiy sertifikatlaş doirasini kengaytiriş mumkin.

Musodara qilingan mol-mulkdan ijtimoiy maqsadlarda foydalaniş kengaytiriladi
Joriy yilning 29-oktabr kuni Albaniya Kuvendi musodara qilingan mol-mulkni boşqarişga oid ikkita qonunçilik taşabbusini qabul qildi. Ular Xatlangan va musodara qilingan mol-mulkni boşqariş agentligining faoliyat doirasi va mas’uliyatini sezilarli darajada kengaytiradi.

Özgartirişlarning maqsadi musodara qilingan noqonuniy qurilmalardan jamoat manfaatlari yoki ijtimoiy uy-joy sifatida foydalaniş uçun aniq mexanizmlar yaratiş hisoblanadi.

Endi agentlik sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan musodara qilingan mol-mulk bilan bir qatorda markaziy hokimiyatning ma’muriy organlari va mahalliy özini özi boşqariş organlari tomonidan xatlangan yoki musodara qilingan mol-mulkni ham boşqaradi.

Mol-mulkni boşqarişga oid barça hujjat va qarorlar agentlikning rasmiy saytida elektron şaklda e’lon qilinadi.

Agentlik ma’lumotiga köra, xatlangan va musodara qilingan mol-mulk qiymati 35 mlrd lekdan oşgan bölib, ularning 50 foizini ijtimoiy maqsadlarda qayta foydalanişga yönaltiriş maqsad qilingan.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda sud hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni realizatsiya qiliş 2017-yil 1-sentabrdan faqat “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonçasida elektron onlayn-auksion şaklida amalga oşiriladi.

Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni sotiş uçun Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan “E-auksion shop” elektron savdo dökoni ham yölga qöyilgan.

Demak, mamlakatimizda musodara qilingan va davlat daromadiga olingan mol-mulk asosan sotiş orqali byudjetga yönaltiriladi. Uni sotmasdan ijtimoiy uy-joy, ta’lim yoki soğliqni saqlaş obyekti sifatida qayta foydalaniş tartibi qonun darajasida tizimli belgilanmagan.

Umumiy yönaliş sifatida musodara qilingan köçmas mulkning muayyan qismini ijtimoiy uy-joy fondi, mahalla yoki ijtimoiy muassasalar ehtiyojlari uçun beğaraz beriş tartibini joriy etiş maqsadga muvofiq.

Muqobil yönaliş sifatida musodara qilingan mol-mulkni sotişdan tuşgan mablağning bir qismini jabrlanganlarga kompensatsiya tölaş va ijtimoiy loyihalarni moliyalaştirişga yönaltiruvçi maxsus hisobvaraq taşkil etiş mumkin.

Jinoyat sudlari faoliyatini tubdan özgartiruvçi qonun loyihasi Lordlar palatasida muhokama qilindi
Joriy yilning 27-oktabr kuni Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi “Sudlar va tribunallar töğrisida”gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqdi.

Loyihaning maqsadi Angliya va Uelsda jinoyat sudlari faoliyatiga tuzilmaviy özgartirişlar kiritiş hisoblanadi. Hukumat bu çoralar sud işlaridagi keçikişlarni qisqartiriş va samaradorlikni oşirişga xizmat qilişini ta’kidlamoqda.

Loyihaga köra, ham magistrat sudida, ham Toj sudida körilişi mumkin bölgan işlar böyiça ayblanuvçining işni Toj sudida köriş haqidagi tanlov huquqi bekor qilinadi. Magistrat sudlarining jazo tayinlaş vakolatlari kengaytiriladi.

Şuningdek, murakkab va uzoq davom etadigan ayrim moliyaviy işlarni hakamlar hay’atisiz, faqat sudya tomonidan köriş tartibi joriy etiladi. Magistrat sudidan Toj sudiga şikoyat qilişning avtomatik huquqi esa ruxsatga asoslangan tizim bilan almaştiriladi.

Jamoalar palatasidagi muhokama jarayonida 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin bölgan işlarni hakamlar hay’atisiz köruvçi alohida bölinma taşkil etiş töğrisidagi qoida loyihadan çiqarilgan.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda sud tizimini isloh qiliş davom etmoqda. Xususan, “Odil sudlov–2030” strategiyasi va uni 2026–2028-yillarda amalga oşiriş böyiça harakatlar dasturi qabul qilingan.

Sudlardagi yuklama ham yuqoriligiça qolmoqda. Jumladan, 2026-yilning birinçi yarmida Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga taftiş tartibida 4 487 ta şikoyat va protest kelib tuşgan. Şu bilan birga, aybga iqrorlik töğrisidagi kelişuv kabi institutlar sud jarayonlarini tezlaştirişga xizmat qilmoqda.

Demak, Buyuk Britaniya tajribasi sud yuklamasini kamaytirişda işlarni instansiyalar örtasida oqilona taqsimlaş va şikoyat qiliş bosqiçida ruxsat mexanizmini qöllaş mumkinligini körsatadi. Şu bilan birga, bunday çoralar himoyalaniş huquqini çeklamasligi muhim.

Umumiy yönaliş sifatida ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyatlar böyiça işlarni soddalaştirilgan tartibda köriş doirasini kengaytiriş hamda taftiş tartibidagi şikoyatlarni dastlabki saralaş mezonlarini aniq belgilaş maqsadga muvofiq.

Muqobil yönaliş sifatida murakkab iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar böyiça ixtisoslaşgan sudyalar tarkibini şakllantiriş orqali bunday işlarni köriş muddatlarini qisqartiriş mumkin.

Davlat byudjetini mustaqil baholovçi Fiskal kengaş taşkil etiladi
Joriy yilning 29 oktabr kuni Albaniya Kuvendi (parlamenti) “Albaniya Respublikasi Fiskal kengaşi töğrisida”gi qonunni 80 ovoz bilan qabul qildi. Qonunga qarşi yoki betaraf ovoz berilmadi.

Qonunning maqsadi parlamentga bevosita hisobdor bölgan va davlat moliyasini mustaqil baholovçi institut taşkil etiş hisoblanadi. Fiskal kengaş fiskal yoki byudjet siyosatini işlab çiqmaydi va ijro funksiyalarini amalga oşirmaydi, balki monitoring, tahlil, baholaş va hisobot beriş vazifalarini bajaradi.

Kengaş fiskal qoidalar ijrosini kuzatadi, davlat moliyasining barqarorligi va fiskal xavflar böyiça mustaqil xulosa beradi. U örta muddatli makroiqtisodiy va fiskal asosni, yillik byudjet loyihasi va unga kiritiladigan özgartirişlarni hamda byudjet ijrosi töğrisidagi yillik hisobotni baholaydi.

Kengaş xulosasi hukumat va parlamentga taqdim etiladigan hujjatlar tarkibiga kiradi. Salbiy xulosa berilgan taqdirda Moliya vazirligi izohlovçi hisobot taqdim etişi şart.

Kengaş a’zolari oçiq tanlov asosida parlament tomonidan tayinlanadi. Nomzodlar davlat moliyasi, makroiqtisodiyot yoki iqtisodiy tadqiqotlar sohasida kamida 10 yillik tajribaga ega bölişi hamda tayinlanişdan oldingi 2 yil davomida siyosiy lavozimda yoki davlat boşqaruvida işlamagan bölişi talab etiladi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi içki mahsulotning yillik prognoz körsatkiçiga nisbatan 60 foiz etib belgilangan va örta muddatda uni 50 foizdan oşirmaslik maqsad qilingan. 2026 yil uçun byudjet taqçilligi 60,1 trln söm yoki YaIMning 3 foizi miqdorida prognoz qilingan.

Şu bilan birga, davlat qarzi 2026 yil 1 iyul holatiga 48,3 mlrd dollarga yetgan va 2019 yil oxiridan buyon qariyb 171 foizga oşgan.

Byudjet loyihasi böyiça Hisob palatasi xulosa tayyorlaydi. Biroq fiskal qoidalar ijrosini muntazam baholab, hukumat prognozlarining asosliligi yuzasidan parlamentga mustaqil xulosa beruvçi alohida fiskal kengaş mavjud emas.

Demak, Albaniya tajribasidagi mustaqil fiskal institut byudjet intizomini kuçaytirişga xizmat qilişi mumkin.

Umumiy yönaliş sifatida Oliy Majlis huzurida makroiqtisodiy prognozlar va fiskal qoidalar ijrosini baholovçi mustaqil fiskal kengaş taşkil etiş masalasini örganib köriş mumkin.

Muqobil yönaliş sifatida Hisob palatasi tarkibida fiskal barqarorlik böyiça alohida bölinma tuzib, unga byudjet prognozlari va fiskal xavflar yuzasidan yillik mustaqil hisobot e’lon qiliş vazifasini yuklaş mumkin.

Paragvay parlamenti suğurta sohasini tartibga soliş böyiça yangi qonunçilik asoslarini ma’qulladi
Paragvay Deputatlar palatasi mamlakatda suğurta va qayta suğurtalaş faoliyatini tartibga solişga qaratilgan “Suğurta töğrisida”gi qonun loyihasini bir qator özgartirişlar bilan ma’qulladi. 2026 yil 27 oktabrda qabul qilingan qaror suğurta bozorida şaffoflikni oşiriş, nazorat tizimini takomillaştiriş va xizmatlardan foydalanuvçilarning huquqlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan.

Qonun loyihasi suğurta sohasining faoliyatini zamonaviy huquqiy talablar asosida taşkil etiş, bozor iştirokçilarining mas’uliyatini oşiriş hamda suğurta xizmatlarini körsatişda yagona me’yorlarni joriy etişni nazarda tutadi. Hujjat suğurta va qayta suğurtalaş kompaniyalari, şuningdek, uşbu faoliyat bilan boğliq boşqa taşkilotlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Qonunçilik taşabbusiga muvofiq, suğurta kompaniyalarining korporativ boşqaruvi, moliyaviy barqarorligi va tavakkalçiliklarni boşqariş tizimiga nisbatan talablar kuçaytiriladi. Şuningdek, kompaniyalarni taşkil etiş, qayta taşkil qiliş, suğurta portfelini boşqa taşkilotga ötkaziş va tugatiş jarayonlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi.

Hujjatda Paragvay Markaziy banki Boşqaruv kengaşi va Suğurta nazorati boşqarmasining vakolatlari hamda mas’uliyati aniq belgilab berilgan. Bu orqali suğurta bozori ustidan davlat nazoratini samarali taşkil etiş, moliyaviy intizomni mustahkamlaş va qonunbuzarliklarning oldini oliş közda tutilgan.

Qonun loyihasining muhim jihatlaridan biri suğurta xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va aholining suğurta sohasidagi moliyaviy savodxonligini oşirişdir. Bu esa suğurta xizmatlarining ommabopligini ta’minlaş va aholining mazkur tizimga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.

Şuningdek, hujjatda suğurta bozoridagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilgan. Bunda qoidabuzarlikning xususiyati, oğirlik darajasi va uni sodir etgan şaxsning huquqiy maqomi inobatga olinadi. Sanksiyalar yuridik va jismoniy şaxslar uçun alohida belgilangan.

Oğir huquqbuzarliklar uçun yuridik şaxslarga yirik miqdorda jarima soliş, faoliyatini vaqtinça töxtatiş, litsenziyasini bekor qiliş yoki muayyan operatsiyalarni amalga oşirişni çeklaş çoralari nazarda tutilgan. Yengil qoidabuzarliklar uçun esa yozma ogohlantiriş va belgilangan miqdorda jarima qöllanilişi mumkin.

Jismoniy şaxslarga nisbatan ham moliyaviy jarimalar, mansab vazifasidan çetlaştiriş va uç yildan ön yilgaça muayyan rahbarlik hamda nazorat lavozimlarini egallaş huquqidan mahrum qiliş kabi çoralar belgilangan. Bu talablar, xususan, Markaziy bank nazorati ostidagi suğurta va moliya taşkilotlarida mas’ul lavozimlarni egallovçi şaxslarga taalluqlidir.

Mazkur qonun loyihasi deputat Ektor Figeredo rahbarlik qilayotgan Sanoat, savdo, turizm va kooperativlar harakati masalalari böyiça komissiya taklif etgan özgartirişlar asosida takomillaştirilgan. Deputatlar palatasi tomonidan ma’qullangan hujjat 158 moddadan iborat bölib, endi yakuniy körib çiqiş uçun Senatga qaytariladi.

Umuman, uşbu qonunçilik taşabbusi Paragvayda suğurta bozorining huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlaş, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş, bozor iştirokçilari mas’uliyatini oşiriş hamda suğurta xizmatlaridan foydalanuvçilar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan muhim islohot hisoblanadi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Paragvay taklifining özagi suğurta bozorini yagona qonun bilan tartibga soliş, suğurta taşkilotlariga korporativ boşqaruv va moliyaviy barqarorlik talablarini kuçaytiriş hamda qoidabuzarliklarga yuridik va jismoniy şaxslar uçun tabaqalaştirilgan javobgarlik belgilaşdir. Loyiha Deputatlar palatasida ma’qullangan va yakuniy körib çiqiş uçun Senatga qaytarilgan.

Özbekistonda suğurta faoliyati “Suğurta faoliyati töğrisida”gi Qonun (ÖRQ–730, 23.11.2021) bilan tartibga solinadi. Qonunda suğurta turlari böyiça litsenziyalaş (13-modda), qayta suğurtalaş böyiça prudensial normalar (5 va 8-moddalar), zaxiralar şakllantiriş va majburiy yillik audit (14-modda) hamda aktuariylar faoliyati (22-modda) belgilangan. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi suğurta taşkilotlari faoliyati ustidan nazorat, litsenziyalaş va ruxsat beriş vakolatlarini amalga oşiradi (Kun.uz, 04.09.2023). Agentlik tasdiqlagan suğurta agentlari faoliyati töğrisidagi nizom 2026 yil 2 iyunda Adliya vazirligida 3845-son bilan röyxatga olingan. Unda insofsiz bozor iştirokçilari reyestri va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş çoralari nazarda tutilgan (UzDaily, 03.06.2026). Suğurta savodxonligi böyiça Prezidentning PQ–5265-son qarorida (23.10.2021) aholini suğurta mahsulotlari va iste’molçi huquqlarini himoya qiliş mexanizmlari haqida xabardor qiliş belgilangan.

Demak, Paragvay taklifining litsenziyalaş, prudensial nazorat, iste’molçi himoyasi va suğurta savodxonligi böğinlari Özbekistonda mavjud qonunçilik bilan qamrab olingan. Paragvay tajribasidan suğurta taşkilotlari rahbarlariga nisbatan şaxsiy mas’uliyatni tabaqalaştiriş yondaşuvi e’tiborga loyiq.

Umumiy yönaliş sifatida suğurta taşkilotlari rahbarlarining mas’uliyatini va ular uçun işbilarmonlik obrösi talablarini kuçaytirişni körib çiqiş maqsadga muvofiq.

Muqobil yönaliş sifatida javobgarlikni tabaqalaştiruvçi tartibni nazorat amaliyoti natijalari tahlilidan söng bosqiçma-bosqiç joriy etiş mumkin.

Jinoiy daromadlarni legallaştirişning oldini oliş maqsadida benefitsiar mulkdorlar reyestri takomillaştirilmoqda
2026 yil 14 oktabr kuni Avstriya Milliy kengaşi Yevropa Ittifoqining jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş böyiça 6-direktivasi hamda Jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş töğrisidagi reglamentini milliy qonunçilikka tatbiq etişga qaratilgan qonunçilik özgarişlarini ma’qulladi.

Hujjat “Benefitsiar mulkdorlar reyestri töğrisida”gi qonun, “Yiğimlar töğrisida”gi qonun hamda “Moliya bozorida jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunga özgartirişlar kiritişni, şuningdek, 2027 yilgi “Benefitsiar mulkdorlar reyestri töğrisida”gi yangi qonunni qabul qilişni nazarda tutadi. Reyestrda jamiyatlar, jamğarmalar va trastlarning benefitsiar mulkdorlari töğrisidagi ma’lumotlar jamlanadi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

benefitsiar mulkdorlarni reyestrga avtomatlaştirilgan tartibda kiritiş;

reyestrdan beriladigan köçirmalarda sanksiyalar bilan boğliq holatlar töğrisidagi ma’lumotlarni aks ettiriş;

qonuniy manfaatdorlik mavjud bölganda reyestr ma’lumotlari bilan tanişiş töğrisidagi sörovlarni tezkor körib çiqiş hamda ma’lumotnomalar va qarorlarni avtomatlaştirilgan tartibda beriş;

reyestr organiga joylarda tekşiruvlar ötkaziş vakolatini beriş, bunda tekşiruvlar Firibgarlikka qarşi kuraşiş boşqarmasi (moliya politsiyasi) tomonidan amalga oşiriladi.

Şuningdek, reyestr organi tanişiş töğrisidagi sörovlar böyiça ön ikki iş kuni içida qaror qabul qilişi, mazkur qarorlar esa butun Yevropa Ittifoqi hududida amal qilişi belgilanmoqda.

Qonun Avstriya xalq partiyasi, Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, “Yangi Avstriya va Liberal forum” partiyasi va Avstriya ozodlik partiyasi fraksiyalari tomonidan qöllab-quvvatlandi. “Yaşillar” fraksiyasi esa taklif etilayotgan çoralar yetarli emasligini qayd etib, qarşi ovoz berdi. Xususan, ular jurnalistlar uçun reyestrdan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş, yiğimlarni kamaytiriş va reyestrni köçmas mulk huquqlari reyestri bilan boğlaşni taklif qilgan. Avstriya ozodlik partiyasi vakillari esa loyihani qöllab-quvvatlagan holda, isbotlaş majburiyatining tadbirkorlar zimmasiga ötkazilişi va reyestr organi tomonidan tekşiruvlar ötkazilişini tanqid qildi.

Moliya vazirligi davlat kotibi Barbara Aybinger-Midlning ta’kidlaşiça, Avstriya benefitsiar mulkdorlar reyestri böyiça namunali tizimga ega bölib, Yevropa talablari soxta korxonalarga qarşi kuraşni kuçaytiriş maqsadida tatbiq etilmoqda.

Şu kuni Milliy kengaş Moliya bozori nazorati organi mustaqilligini kuçaytirişga qaratilgan qonunni ham qabul qildi. Unga köra, Moliya bozori nazorati organi boşqaruvi a’zolari va xodimlari nazorat ostidagi taşkilotlarga işga ötişida “soviş davri” joriy etiladi, kredit taşkilotlari esa ekologik, ijtimoiy va boşqaruv (ESG) xatarlarini tizimli ravişda aniqlaşi va boşqarişi lozim böladi.

Benefitsiar mulkdorlar reyestriga oid qonun 15 oktabr kuni körib çiqiş uçun Federal kengaşga yuborildi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Yurtimizda jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş masalalari 2004 yil 26 avgustdagi 660-II-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan operatsiyalarni amalga oşiruvçi taşkilotlar mijozni lozim darajada tekşiriş doirasida yuridik şaxs bölgan mijozning mulkdorini yoki uni nazorat qiluvçi şaxsni ta’sis hujjatlari asosida, mulkçilik va boşqaruv tuzilmasini örganiş orqali identifikatsiyalaşi lozim.

Şu bilan birga, Yuridik şaxslarning şaffofligi va haqiqiy benefitsiar mulkdorlarini aniqlaş töğrisidagi xalqaro standartning 24-tavsiyasida vakolatli organlar yuridik şaxslarning benefitsiar mulkdorlari töğrisidagi aniq va dolzarb ma’lumotlardan öz vaqtida foydalana olişini ta’minlaş talab etiladi.

Avstriya tajribasi asosida quyidagi masalalarni örganiş mumkin:

benefitsiar mulkdorlar töğrisidagi ma’lumotlarni yagona elektron reyestrda jamlaş va ularni avtomatlaştirilgan tartibda kiritiş;

reyestr ma’lumotlarini sanksiyalar röyxatlari bilan boğlaş;

qonuniy manfaatdorlikka ega şaxslarning reyestr ma’lumotlari bilan tanişiş tartibi va muddatlarini aniq belgilaş;

taqdim etilgan ma’lumotlarning işonçliligini joylarda tekşiriş mexanizmini joriy etiş.

Bunday yondaşuv soxta korxonalar orqali jinoiy daromadlarni legallaştiriş xavfini kamaytiriş hamda xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlaşga xizmat qilişi mumkin.

Har bir köçmas mulk obyekti uçun yagona kadastr kaliti joriy etilmoqda
Meksika Senati 2026 yil 14 oktabr kuni “Kadastr va reyestr tizimlarini mustahkamlaş va uyğunlaştiriş töğrisida”gi umumiy qonunni ma’qulladi.

Qonun Federatsiya, ştatlar va munitsipalitetlar örtasidagi hamkorlik asoslarini belgilab, kadastrlar hamda mulk böyiça davlat reyestrlarini modernizatsiyalaş, uyğunlaştiriş va ularning özaro muvofiq işlaşini ta’minlaşga qaratilgan.

Qonun bilan quyidagilar joriy etiladi:

Yagona kadastr kaliti – mamlakatdagi har bir köçmas mulk obyekti uçun takrorlanmaydigan identifikator bölib, u Mulk böyiça davlat reyestridagi obyekt yozuvi bilan boğlanadi;

Yagona kadastr va reyestr guvohnomasi – köçmas mulk obyektini identifikatsiyalaş va joylaşuvini aniqlaş uçun zarur ma’lumotlarni jamlab, kadastr va reyestr ma’lumotlarini özaro boğlaydigan hujjat;

Milliy kadastr rejasi – tizimlar, kartografiya va ma’muriy jarayonlarni modernizatsiyalaşni muvofiqlaştirişga qaratilgan umummilliy yönalişlar va çora-tadbirlar;

köçmas mulk töğrisidagi ma’lumotlarni birlaştiradigan, georeferensiyalangan xaritalarni taqdim etadigan hamda onlayn xizmatlar va elektron tölovlarni qöllab-quvvatlaydigan raqamli platformalar.

Qonunga köra, Agrar, hududiy va şaharsozlik rivojlanişi vazirligi kadastr va reyestr sohasidagi vakolatli organ sifatida Milliy statistika va geografiya instituti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Yagona kadastr kaliti va guvohnomasi böyiça yöriqnomalar Agrar, hududiy va şaharsozlik rivojlanişi vazirligi hamda Raqamli transformatsiya va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan işlab çiqiladi. Agentlik texnologik vositalarni yaratiş va boşqariş, şuningdek, kadastr va reyestr tizimlarini standartlaştiriş mezonlarini belgilaş uçun ham mas’ul böladi.

Muhokamalar çoğida hukmron koalitsiya vakillari qonun yangi soliqlar joriy etmasligi va köçmas mulk soliği stavkalarini oşirmasligini, uşbu soliqni undiriş ştatlar va munitsipalitetlar vakolatida qolişini ta’kidladi. Muxolifat vakillari esa kadastr qiymatlarining yangilanişi ayrim mulkdorlar uçun soliq bazasini oşirişi, munitsipalitetlarga qöşimça ma’muriy va texnologik xarajatlar yuklaşi hamda ma’lumotlarning bir joyda jamlanişi bilan boğliq xavflar haqida ogohlantirdi.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Mamlakatimizda köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş 2022 yil 28 noyabrdagi ÖRQ–803-son “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Qonunning 3-moddasiga muvofiq, kadastr raqami yer uçastkasi, bino yoki inşootning Özbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan individual raqami bölib, u obyekt şakllantirilganda beriladi va obyekt yagona huquq obyekti sifatida mavjud bölgan davrda saqlanib qoladi. Kadastr pasporti esa obyekt töğrisidagi umumiy ma’lumotlar va uning kadastr raqamini öz içiga olgan elektron hujjat hisoblanadi.

Demak, Meksikada joriy etilayotgan yagona kadastr kalitiga öxşaş institut mamlakatimizda amalda mavjud. Şu bilan birga, Meksika tajribasidagi kadastr va reyestr ma’lumotlarining özaro muvofiqligini ta’minlaş, georeferensiyalangan raqamli platformalarni rivojlantiriş hamda ma’lumotlar muhofazasiga oid yondaşuvlar kadastr tizimini yanada takomillaştirişda örganilişi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, mamlakatimizda köçmas mulk obyektlarini yagona identifikator asosida hisobga oliş tizimi mavjudligi sababli, bu borada qonunçilikni Meksika yondaşuvi böyiça qayta körib çiqiş zarurati yöq, degan xulosaga keliş mumkin.

Bundestag raqamli identifikatsiya töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi
Germaniya Bundestagining Raqamlaştiriş va davlat boşqaruvini modernizatsiya qiliş qömitasi 14 oktabrda Federal hukumat kiritgan “Raqamli identifikatsiya töğrisida”gi qonun loyihasini (Digitale Identitätengesetz – DIdG) özgartirişlar bilan ma’qulladi. 15 oktabrda Bundestag hujjatni ikkinçi va uçinçi öqişlarda qabul qildi.

Qonun Yevropa Ittifoqining elektron identifikatsiya, autentifikatsiya va elektron operatsiyalar uçun işonçli xizmatlar töğrisidagi reglamenti – eIDAS reglamentini Germaniyada amalga oşiriş uçun milliy huquqiy asos yaratadi. Germaniyaning “d-you” raqamli hamyoni 2027 yil 2 yanvardan işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Undan foydalaniş ixtiyoriy bölib, amaldagi identifikatsiya vositalari saqlanadi va hamyondan foydalanmagan şaxs kamsitilmasligi kerak.

Fuqaro smartfon orqali şaxsini tasdiqlaşi, elektron hujjat va tasdiqlangan ma’lumotlarni saqlaşi, ularni davlat va xususiy xizmatlarga taqdim etişi mumkin. Tizimning asosiy tamoyili – faqat xizmat uçun zarur ma’lumotni taqdim etiş. Masalan, tuğilgan sanani yoki manzilni oşkor qilmasdan, faqat belgilangan yoşga yetganlikni tasdiqlaş mumkin. Hamyon elektron imzo va elektron muhr funksiyalarini ham qöllab-quvvatlaydi.

Qonun hamyonda saqlanadigan hujjatlarning qat’iy röyxatini belgilamaydi. U vakolatli manbalar beradigan elektron atributlar uçun umumiy asos yaratadi; haydovçilik guvohnomasi, diplom va boşqa hujjatlar keyinçalik bosqiçma-bosqiç kiritilişi mumkin. Şu sabab ularni dastlabki işga tuşiriş sanasidanoq kafolatlangan funksiya sifatida talqin qiliş töğri emas.

Vakolatlar turli organlar örtasida ajratilgan. Federal ma’muriy idora hamyon orqali ma’lumot söraydigan davlat va xususiy taşkilotlarni röyxatdan ötkazadi. Axborot texnologiyalari xavfsizligi böyiça federal idora (BSI) sertifikatlaş va xavfsizlik çoralariga, Federal tarmoq agentligi esa hamyonlar va ularni taqdim etuvçilar ustidan nazoratga mas’ul. Xavfsizlik buzilganda foydalanuvçilarni xabardor qiliş, zarar körgan hamyonni vaqtinça töxtatiş yoki sertifikatini bekor qiliş çoralari qöllanişi mumkin.

Parlament muhokamasida fuqarolar huquqlarini kuçaytiruvçi özgartişlar kiritildi: onlayn identifikatsiyadan 13 yoşdan foydalaniş, biometrik suratni kiritişdan voz keçiş va davlat organlarining raqamli tasdiqnomalarni hamyon orqali taqdim etişga tayyorlaniş muddatini 24 oydan 12 oyga qisqartiriş nazarda tutildi. Psevdonim funksiyasi dastlabki işga tuşiriş sanasiga tayyor bölmasligi mumkinligi sababli Bundestag uni imkon qadar tez joriy etişni talab qildi. Hukumat hisob-kitobiga köra, ma’muriy jarayonlar qisqarişi yillik ijro yukini taxminan 121,7 million yevroga, fuqarolar sarflaydigan vaqtni esa yiliga 3,9 million soatga kamaytirişi mumkin.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Özbekistonda elektron davlat xizmatlarida şaxsni tasdiqlaş uçun Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) va Mobil identifikatsiya tizimi (Mobile-ID) amal qiladi. Şu sabab elektron identifikatsiyaning huquqiy va texnik asoslari mavjud. Germaniya modelining farqli tomoni u faqat davlat portaliga kiriş vositasini emas, fuqaroning özi boşqaradigan va davlat hamda xususiy xizmatlarda işlaydigan raqamli hujjatlar hamyonini yaratadi.

Germaniya tajribasidan kelib çiqib, Özbekistonda ham OneID va Mobile-IDni rivojlantirişda foydalanişning ixtiyoriyligi va kamsitmaslik, ma’lumotni minimal taqdim etiş, ma’lumot sörovçi taşkilotlarni röyxatdan ötkaziş, fuqaroga uning ma’lumotini kim va qaçon söraganini köriş huquqini beriş, sertifikatlaş va nazorat vakolatlarini ajratiş hamda xavfsizlik hodisalarida aniq çoralarni belgilaş mumkin.

Şuningdek, raqamli hamyon orqali ma’lumot söraydigan banklar, mobil operatorlar va boşqa taşkilotlar uçun majburiy röyxatdan ötiş tartibi, sörov maqsadi va söraladigan ma’lumotlar röyxatini oldindan körsatiş, zaruridan ortiq ma’lumot söraşni taqiqlaş, fuqaroga sörovlar jurnalini köriş imkonini beriş hamda qoidabuzarlik uçun javobgarlikni belgilaş masalasini örganiş maqsadga muvofiq.

Yer qa’ridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni garovga qöyiş imkoniyati bekor qilinmoqda
Joriy yilning 15 oktabr kuni Qirğiziston Jogorku Keneşi “Qirğiz Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.

Qonun loyihasi bilan yer qa’ridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni garovga qöyiş imkoniyatini bekor qiliş nazarda tutilmoqda. Amaldagi tartibga köra, litsenziat yer qa’ridan foydalaniş huquqini “Garov töğrisida”gi qonun talablariga muvofiq, garov şartnomasi asosida uçinçi şaxsga garovga qöyişga haqli.

Qonun loyihasiga ilova qilingan tuşuntiriş xatida qayd etilişiça, litsenziyalarni garovga qöyişni rasmiylaştiriş va nazorat qilişning aniq tartibi mavjud emasligi natijasida litsenziyalar ularni oliş uçun ötkazilgan tanlov tartib-taomillarida iştirok etmagan va davlat oldida bevosita javobgar bölmagan uçinçi şaxslar ixtiyoriga ötib qolişi mumkin. Bu esa strategik resurslarni boşqariş ustidan nazoratni yöqotiş xavfini oşiradi.

Bundan taşqari, qonun loyihasida quyidagi çora-tadbirlar nazarda tutilmoqda:

texnogen hosilalarning huquqiy maqomi va ularning reyestrini belgilaş;

qum-şağal aralaşmasi va qumoq tuproqlarni qazib olişning litsenziyalaş tartibiga ötiş;

yer qa’ridan foydalaniş huquqini beriş uçun elektron auksionlarni joriy etiş;

konlarni loyihalaştiriş va özlaştiriş muddatlarini moslaşuvçan tarzda belgilaş.

Qonun loyihasi mualliflarining ta’kidlaşiça, hujjat yer qa’ridan foydalanişni litsenziyalaş mexanizmlarini takomillaştiriş, huquqiy aniqlikni mustahkamlaş, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş hamda mamlakatning barqaror rivojlanişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan.

Qonun loyihasini parlamentda ikkinçi öqişda körib çiqiş rejalaştirilgan.

Özbekiston uçun dolzarbligi

Özbekiston Respublikasining “Yer qa’ri töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, yer qa’rini geologik jihatdan örganiş va foydali qazilmalarni kavlab oliş uçun ruxsatnomaga ega bölgan şaxs, agar garovga oluvçi ruxsatnomada nazarda tutilgan şartlarni bajariş majburiyatini öz zimmasiga olsa, mazkur ruxsatnomada nazarda tutilgan öz huquqlarini garovga berişga haqli.

Şuningdek, mazkur Qonunning 111-moddasida yer qa’ridan foydalaniş sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomada nazarda tutilgan huquqlardan boşqa şaxs foydasiga voz keçiş tartibi belgilangan.

Şu bilan birga, yer qa’rini geologik jihatdan örganiş va foydali qazilmalarni kovlab olişga doir ruxsatnomalarni garovga qöyiş amaliyotini örganiş, mavjud huquqiy va amaliy muammolar aniqlangan taqdirda esa bunday imkoniyatni çeklaş yoki bekor qiliş masalasini körib çiqiş maqsadga muvofiq.

Tijorat maqsadidagi telefon qo‘ng‘iroqlaridan iste’molchilarni himoya qilish kuchaytirilmoqda
Meksika Senatida Federal iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan qonunchilik tashabbusi ma’qullandi. Senator Mayuli Martines Simon tomonidan ilgari surilgan tashabbus iste’molchilarning shaxsiy hayoti daxlsizligini himoya qilish va ularning roziligisiz takroriy reklama qo‘ng‘iroqlari amalga oshirilishining oldini olishga qaratilgan.

Taklif Federal iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning 18-bis va 127-moddalarini o‘zgartirishni nazarda tutadi. Unga muvofiq, tijorat maqsadidagi telefon qo‘ng‘iroqlarini olishni istamaydigan fuqarolar uchun Tijorat telefon qo‘ng‘iroqlaridan himoya qilishning ochiq reestrini tashkil etish taklif qilingan. Fuqarolar ushbu reestrga bepul kiritilishi, kompaniyalar esa reklama qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirishdan oldin reestr ma’lumotlarini tekshirib, iste’molchining xohishini inobatga olishi kerak.

Tashabbusning yana bir muhim jihati kompaniyalar telefon qo‘ng‘irog‘i uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilganini vaj qilib, o‘z mas’uliyatidan qochishining oldini olishdir. Senatorning ta’kidlashicha, yangi mexanizm fuqarolarga reklama qo‘ng‘iroqlarini rad etish huquqini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.

Yurtimizda ham telefon orqali reklama, xizmatlar va mahsulotlarni taklif qilishda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish, ularning roziligi va takroriy qo‘ng‘iroqlarni cheklash masalalari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish nuqtayi nazaridan ahamiyatli.

Meksika tajribasi asosida quyidagi masalalarni o‘rganish mumkin:

reklama qo‘ng‘iroqlarini olishni istamaydigan fuqarolar uchun yagona elektron reestr tashkil etish;

reklama beruvchilar va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchilarning iste’molchi xohishini tekshirish hamda unga rioya qilish majburiyatini belgilash;

fuqarolarning roziligisiz takroriy reklama qo‘ng‘iroqlari uchun ta’sirchan javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish;

fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishda qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash.

Bunday yondashuv aholining shaxsiy hayoti daxlsizligini himoya qilish, iste’molchilarning vaqt va mablag‘ sarfini kamaytirish hamda raqamli xizmatlarga ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.