2026-yil 4-iyun kuni Fransiya parlamenti Milliy Assambleyasi yalpi majlisida “Yosh bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish muassasalarida va maktablarda plastmassa idish-tovoqlardan foydalanishni taqiqlashga qaratilgan” qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Fransiyada 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktab va universitet oshxonalarida, bolalar bog‘chalarida, shuningdek, homilador ayollar, chaqaloqlar va yosh bolalar joylashtiriladigan tibbiyot muassasalari bo‘limlarida “plastmassa idishlar”dan foydalanish taqiqlangan edi. Biroq, “ovqat tayyorlash, isitish va tarqatish uchun mo‘ljallangan plastmassa oziq-ovqat idishlari” tushunchasining qonunchilikda aniq belgilanmaganligi haqiqatdan ham huquqiy noaniqlikka sabab bo‘lgan.
Qonun loyihasiga muvofiq, maktab oshxonalarida hamda bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa muassasalarda plastmassa idish-tovoqlardan foydalanishni taqiqlashga oid amaldagi qoidalar kengaytirilmoqda.
Xususan, qonun loyihasida bunday muassasalarda plastmassadan tayyorlangan:
likopchalar;
stakanlar;
konteynerlar;
oshxona anjomlari (qoshiq, sanchqi, pichoq va boshqalar)dan foydalanishni aniq va bevosita taqiqlash nazarda tutilmoqda.
Yuqorida nazarda tutilgan chora bolalar ovqatlanadigan muassasalarda bir marta yoki ko‘p marta ishlatiladigan plastik mahsulotlardan foydalanishni cheklash hamda sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi talablarni kuchaytirishga qaratilgan.
Mazkur qonun loyihasi keyingi bosqichda Fransiya parlamenti Milliy Assambleyasi yalpi majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
https://www.assemblee-nationale.fr/dyn/17/dossiers/interdiction_vaisselle_plastique_17