Prezidentning 23.01.2024 yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
· «AAA», «AA» va «A» – yuqori barqarorlik reytingi;
· «BBB», «BB» va «B» – o‘rtacha barqarorlik reytingi;
· «CCC», «CC» i «C» – qoniqarli barqarorlik reytingi;
· «D» – quyi barqarorlik reytingi.
Reyting Soliq qo‘mitasining “Tabdirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik ravishda (onlayn) shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi:
·«AAA» toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;
·4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi.
«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan:
·soliqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish 3 kun muddatda amalga oshiriladi;
·tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
2024-yil 1-apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.01.2024 yildan kuchga kirdi.