

Joriy yilning 6-dekabr kuni Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasi Tadqiqotlar xizmati vakillari bilan onlayn formatda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Milliy Assambleya Tadqiqotlar xizmati vakillari, Parlament tadqiqitlari instituti Direktori A.Toshpulatov hamda Koreya Respublikasidagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari ishtirok etdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-67-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi loyihasi muhokama qilindi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirib, ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi doirasida o‘zaro tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish hamda o‘rganishlar natijalari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha alohida qo‘llanma chop etishga kelishib oldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bu kabi onlayn va yuzma-yuz uchrashuvlarni tizimli tashkil etib borishdan mamnun ekanligini bildirdi.