Ortga qaytish Chop etish

AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-dekabr kuni Parlament tadqiqotlari instituti direktori A.Toshpulatov AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi rahbari R.Nazarova bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida so‘z yuritilib, kelgusidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Institut direktori A.Toshpulatov uchrashuv avvalida so‘nggi yillarda yurtimizda parlamentarizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi hamda mehmonlarni  institutning faoliyati bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida R.Nazarova so‘ngi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarga yuqori baho berib, AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligining O‘zbekistonda Huquqiy islohotlar dasturi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Tomonlar, qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish, bu boradagi xalqaro tajribalarni almashish sohasida hamkorlik o‘rnatib, yangi loyihalar ustida ishlashga kelishib oldi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar.