
Ayni damda Parlament tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari V.Davlyatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh a’zolari bilan birgalikda Koreya poytaxti Seul shahrida Koreya parlamenti faoliyati bilan tanishmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari barcha sohalarda, shu jumladan parlamentlararo aloqalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda.
Tanishuv davomida Koreya parlamenti faoliyatini yoritish, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, Byudjet ofisining byudjet jarayonidagi ishtiroki, Tadqiqot xizmati faoliyati kabi masalalar o‘rin olgan.
Ushbu hamkorlik har ikki davlat parlamentlari faoliyati uchun o‘zaro manfaatli bo‘lishiga va yangi tajriba va g‘oyalar almashishga xizmat qiladi.