Ortga qaytish Chop etish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va jahon parlamentlari deputatlari necha yoshda?

Har qanday sohaning taraqqiy etishi, ko‘p jihatdan, kadrlar sifatiga bevosita bog‘liqdir. Bunda hayotiy bilim, kasbiy tajriba va uzoq yillar davomida shakllangan ko‘nikma muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, muayyan masala yuzasidan to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qilish oson ish emas.

Shunday bo‘lsada, demokratiya barcha insonlar manfaatlarini ifodalovchi konsepsiya ekanini hisobga oladigan bo‘lsak, parlamentlarning samarali faoliyati ularda aholining barcha yoshdagi vakillarining mutanosibligiga bog‘liq ekanligi ko‘rinadi. 

Bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida jami 136 nafar deputat faoliyat ko‘rsatmoqda, palata rasmiy veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, ularning o‘rtacha yoshi 49 yoshni tashkil etmoqda.

Yosh ko‘rsatkichi bo‘yicha mutanosibligi: 

30 va undan past yoshdagilar 1 nafar (0.74 %),

40 va undan past yoshdagilar 26 nafar (19.12 %),

45 va undan past yoshdagilar 17 nafar (12.5 %)

46 va undan yuqori yoshdagilar 92 nafar (67.64 %)ni tashkil etmoqda.

Agar, qo‘mitalari kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, hozirda Qonunchilik palatasida 12 qo‘mita mavjud, ulardan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi deputatlarining o‘rtacha yoshi 43 ga teng bo‘lib qolgan qo‘mitalar orasida eng yoshi kichigi hisoblanmoqda. Deputatlarining o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan qo‘mita Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi 56 ga teng.

Barcha qo‘mitalar kesimida:

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi – 43 yosh

Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi – 46 yosh

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi – 47 yosh

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi – 47 yosh

Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi – 48 yosh

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi – 48 yosh

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi – 49 yosh

Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi – 51 yosh

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi – 51 yosh

Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi – 52 yosh

Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi – 52 yosh

Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi – 56 yosh

Siyosiy partiya fraksiyalari kesimida esa Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlarining o‘rtacha yoshi 47 ga teng bo‘lib o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yosh fraksiya hisoblanadi. Deputatlarining o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi eng katta fraksiya esa “Adolat” sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi bo‘lib 52 yoshga teng.

Barcha fraksiyalar kesimida:

T/r

Partiya

Ayol

Erkak

Jami

O‘rtacha yosh

Soni

Foizda

Soni

Foizda

1

O‘zLiDeP

13

27 %

35

73 %

48

50

2

O‘zMTDP

6

18 %

28

82 %

34

47

3

«Adolat» SDP

13

62 %

8

38 %

21

52

4

O‘zXDP

11

55 %

9

45 %

20

51

5

Ekologik partiya

4

31 %

9

69 %

13

48

Jami

47

35 %

89

65 %

136

49

O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayni damda dunyoda 190 ta milliy parlamentlar mavjud bo‘lib, ularning 78 tasi ikki palatali, 112 tasi bir palatali hisoblanadi. Ularda jami 44 mingga yaqin parlament a’zolari faoliyat ko‘rsatadi.

Parlamentlararo ittifoq ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo parlamentlarining o‘rtacha yoshi 53 yoshni tashkil etmoqda.

Yosh ko‘rsatkichi bo‘yicha mutanosibligi quyidagicha:

30 va undan past yoshdagilar 2.86%ni,

40 va undan past yoshdagilar 18.64%ni,

45 va undan past yoshdagilar 31.77%ni

46 va undan yuqori yoshdagilar 46.73%ni tashkil etmoqda.

Bunda, deputatlarning o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan davlatlar qatoriga, Kambodja (66.5 yosh), Palau (60 yosh), AQSh (57.9), Yaponiya (55.5 yosh), Gresiya (53 yosh) kabi davlatlar kiradi.

Deputatlarning o‘rtacha yoshi eng kichik bo‘lgan davlatlar qatoriga esa Armaniston (40 yosh), Turkmaniston (40.8 yosh), Serbiya (43 yosh), Kolumbiya (44.3 yosh), Ruminiya (44.75 yosh) va Daniya (45.6 yosh) kabi davlatlar kiradi.

(Dunyo parlamentariylarining 26.9%ni ayollar tashkil etadi).